Andijon viloyatida mashinasozlik va elektrotexnika habi tashkil etiladi
Maxsus sanoat habi (sanoat zonasi) Andijon viloyatining 105 gektar yerida tashkil etiladi, uning hududida maxsus iqtisodiy zonalar uchun belgilangan alohida soliq, bojxona va valuta tartibotlari amal qiladi. Faoliyat yuritish muddati esa 30 yil qilib belgilandi.
«Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat habi maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezidentning qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Andijon viloyatining 105 gektar yerida «mashinasozlik va elektrotexnika maxsus habi» maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.
Sanoat habining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalari jalb etish;
- viloyatning mashinasozlik va elektrotexnika sanoatidan ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta'minlash;
- mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda maxsus sanoat zonasi ishtirokchilari o‘rtasida va respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
- viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni kengaytirish va ularning eksport hajmini oshirish.
Sanoat habining faoliyat yuritish muddati – 30 yil. Muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin.
Sanoat habi faoliyati davomida uning hududida maxsus iqtisodiy zonalar uchun belgilangan alohida soliq, bojxona va valuta tartibotlari amal qiladi.
Avvalroq, «Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» prezident qarori qabul qilingan edi.
Unda elektrotexnika sanoatida 136ta loyiha amalga oshirilishi hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamg‘armasiga 75 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
Jamiyat | 16:21
-
1 iyuldan birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:07
-
Urganch xalqaro aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qiladi
O‘zbekiston | 15:59
-
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi
O‘zbekiston | 15:58
Mavzuga oid

08:34 / 04.11.2022
O‘zbekiston va Koreya mashinasozlik yo‘nalishida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

19:25 / 14.02.2022
Prezident avtomobillarni ko‘proq ichki bozorga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriq berdi

18:54 / 14.02.2022
O‘zbekistonda import avtomobillar uchun bojxona boji 2 barobarga qisqartiriladi

18:37 / 14.02.2022