O‘zbekiston | 08:34 / 04.11.2022
5859
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Koreya mashinasozlik yo‘nalishida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Janubiy Koreyaning Chedju milliy universiteti rektori Kim Il Xvan boshchiligidagi delegatsiya vakillari Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurib, ushbu ta’lim muassasasi rektori Nusratilla Barakayev bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Koreyalik mehmonlar oliy bilim yurti fakultetlari, kafedralari faoliyati, ularda olib borilayotgan ilmiy-innovatsion va ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar, xalqaro loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot davomida tomonlar texnika, muhandislik, mashinasozlik va mexanika, oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishlarida yuqori malakali bakalavr, magistr, doktorant kadrlar tayyorlash negizida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirishga kelishib oldi.

Shu bilan birga, o‘tgan davrda hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholanib, istiqbolda o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va faollashtirish, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida ta’limga oid bitimlar imzolandi.

Mavzuga oid