Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkek sobiq meri korrupsiyada gumonlanib hibsga olindi
Ma'lumot berilishicha, Surakmatov xizmat mavqeyidan foydalanib, munitsipal yerlarda tijorat binolari va ko‘p qavatli uylar qurish huquqini berish bo‘yicha yirik qurilish kompaniyalari vakillari bilan korrupsion sxema yaratgan.
Korrupsiyada gumonlangan Bishkek shahrining sobiq meri Aziz Surakmatov sud qarori bilan ikki oyga hibsga olindi.
Surakmatov Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatorida saqlanadi.
Avvalroq sobiq mer korrupsiya va noqonuniy boylik orttirish fakti bilan qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Ma'lumot berilishicha, Surakmatov xizmat mavqeyidan foydalanib, munitsipal yerlarda tijorat binolari va ko‘p qavatli uylar qurish huquqini berish bo‘yicha yirik qurilish kompaniyalari vakillari bilan korrupsion sxema yaratgan.
Mazkur sxema ortidan Surakmatov va uning yaqin qarindoshlari 50 mln dollardan ortiq boylik orttirgan.
Surakmatov 2018 yildan 2020 yilgacha Bishkek meri lavozimida faoliyat olib borgan.
Mavzuga oid
10:10 / 28.11.2025
Bishkekda Putin tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi ulkan LED-ekran ortiga “bekitildi”
10:20 / 13.11.2025
“Energoatom”dagi korrupsiya mojarosi - Kiyev uchun sinov
08:33 / 13.11.2025
Ukrainada korrupsiya mojarosi: “Energoatom”da iste’folar
22:26 / 11.10.2025