O‘zbekiston | 08:50 / 28.05.2021
1720
2 daqiqa o‘qiladi

Tanqidiy maqoladan keyin Chinortepa ko‘chasida amaliy ishlar boshlab yuborildi

E'lon qilingan lavha ortidan "Qiyqi" mahallasida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz saytida "Qo‘ynimizni puch yong‘oqqa to‘ldirib kelishyapti — Qo‘shtepadagi "Qiyqi" mahallasi muammolari qachon hal bo‘ladi?" sarlavha ostida tanqidiy maqola e'lon qilingan bo‘lib, unda «Qiyqi» MFY Chinortepa ko‘chasidan yillar davomida to‘planib qolgan muammolari bayon qilingan edi. 

Maqolada ichimlik suvi, chirib bitgan stolba hamda ichki yo‘llar holati tanqid ostiga olingan edi. 

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, hududdagi mavjud elektr ta'minotiga oid muammolarni tezkorlik bilan ijobiy hal etish choralarini ko‘rish maqsadida jamiyat rahbariyati tomonidan ishchi guruh tuzilgan.

Mahallaga 15 ga yaqin yangi temir-beton tayanchlari olib kelinib, ularni o‘rnatish ishlari boshlangan.

Shuningdek, murojaatchilarning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, mahallaga ichimlik suvini tortish uchun amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Avvalroq,  Furqat tumani Yangi qishloqdagi katta yo‘l bo‘yiga o‘rnatilgan tayanchlar “xizmatini o‘tab” egilib qolgani sababli yo‘ldan o‘tayotgan transport va fuqarolar uchun xavf tug‘dirayotganligi haqida lavha berilgan edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid