Kun.uz muxbiri murojaat yöllangan manzilda bölib, mahalla ahli bilan suhbatlaşdi. Murojaatda körsatib ötilgan holatlar bilan yaqindan tanişdi.

Eng asosiy muammo – mahalla bir neça yildan buyon içimlik suvini bir neça kilometr masofadan taşib keladi.

Mahalla oqsoqoli Ziyovuddin Karimov qişloqdagi muammolar haqida sözlab berdi.

Ziyovuddin Karimov, mahalla oqsoqoli

«Içki yöllarimiz talab darajasida emas. Ayniqsa, qiş kunlari bu yöllar tufayli aziyat çekamiz. Mahalla ahli pul töplab köçaga şağal töktirganmiz. Mahalla oqsoqoli etib saylanganimga 7 yil bölgan bölsa, bu masalalarda rahbarlar yoniga yordam sörab bir neça marta kirganman. Lekin natija yöq.

Yana bir asosiy muammolardan biri — elektr toki. Simyoğoçlarni öz mablağimiz hisobidan, haşar yöli bilan örnatganmiz. Şamol bölsa biror kişining boşiga yoğoç sinib yoki sim uzilib tuşib ketmasmikan, deb yurak hovuçlab ötiramiz. Oktyabr oyi keldi degunça elektr toki kuçi pastlab ketadi. Çiroqlar bazör yonadi.

Suv muammosi esa mahalladagi eng oğriqli masala bölib turibdi. Suv ta'minoti korxonasi mutasaddilariga 4 yildan buyon suv çiqarib berişlarini iltimos qilib kelamiz. Lekin natija bölmayapti. Ular «pulini qaçon tölasang keyin suv çiqarib beramiz», deyişadi. Lekin yöq suvga kim ham pul beradi? Suvni uzoqdan taşib kelamiz. Tuşlikdan keyin suvga turnaqator navbat bölib ketadi. Tegişli joylarga borsak ertaga böladi, indinga böladi, deb qöynimizni puç yonğoqqa töldirib kelişyapti», — deydi Ziyovuddin Karimov.

Mahalla faoli Zuhriddin Ahmedov mahalla ahli suvsizlikdan qiynalib ketsa ham mas'ullar uçun bir tiyinlik qiziği yöqligidan yozğirib qoldi.

Zuhriddin Ahmedov, mahalla faoli

«Içimlik suvi bölmasa qiyin. Işdan çarçab kelgan odamga uni uzoqdan taşib keliş malol kelyapti. Qaysidir uyda transport bor, boşqasida esa yöq. Suv taşişda ayniqsa transporti yöqlar köproq aziyat çekişadi.

Suv masalasida tuman hokimi qabuliga kirdik. Hokim mas'ullarga muammoni bartaraf qilişga körsatma berdi. Oradan 2 kun ötib suv ta'minotidan xodimlar kelib, «suv bor, faqat tölov qilsang suv ulanadi», deyişdi. Tuşmagan suvga qanday tölov qilamiz?! Oqib kelmagan suvga pul tölamaymiz-ku?!

Köçadagi teraklarni kesib, bir joylardan tagiga beton ustunça topib, simyoğoçlarni örnatganmiz. Avariya holatidagi simyoğoçlar köp köçamizda. Yaxşiyamki, bu yil bahor faslida har yilgiga nisbatan yoğingarçilik kamroq böldi. Yöqsa, loy köçalarimizda işga qatnaş yanada qiyinlaşardi.

Mahalla ahli bilan suhbatlaşib, holat bilan tanişib turganimizda «Qiyqi» MFY raisi Valijon Yöldoşev ham kelib qoldi. Biz qişloqdagi töplanib qolgan mavjud muammolar yuzasidan mahalla raisiga yuzlandik.

Valijon Yöldoşev, «Qiyqi» MFY raisi.

«Bu lavozimda 2020 yildan buyon işlayman. Çinortepa mahallasidan haqiqatan ham murojaatlar bölgan. Içimlik suvi va elektr ta'minoti masalasi böyiça tuman hokimi qabuliga ham kirganmiz. Hokim tuman ETKga 16 maygaça simyoğoçlarni almaştirib berişni körsatma qilgan. Lekin şu paytgaça elektr tarmoqlari mas'ullari mahallaga kelişmadi. Suv minoramiz ham bir neça yildan buyon işlamaydi. Bu borada suv ta'minoti korxonasiga bir neça marta murojaat qilganmiz. Suv va içki yöllarni asfaltlaş II çorak uçun davlat dasturiga kiritilgan. Suv minorasini ta'mirlaş uçun katta mablağ talab etiladi. Suv ta'minoti korxonasining ta'mirga puli yöq», — Valijon Yöldoşev.

Mahalla raisi bilan suhbatimiz tugamasdan Qöştepa tumani hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari Bahromjon Qurbonov, suv ta'minoti bölimi muhandisi Lutfullo Xolboyev hamda tuman ETK muhandisi Muzaffar Aşurov mahallaga yetib kelişdi.

Tumani hokimi örinbosari Bahromjon Qurbonov «Qiyqi» MFY Çinortepa köçasidan içimlik suvi, simyoğoçlar nosozligi va içki yöllar böyiça e'tiroz kelib tuşgani haqiqat ekani, murojaatlar hokimlik tomonidan kelib örganilganini aytib ötdi. Çinortepaga 7-suv tarmoği yetib kelgan bölsa-da, aholi şartnoma qilmay, tölovlar bajarilmagani tufayli suv berilmayotgani, şartnoma va tölov qiliş böyiça mahalla raisi va mutasaddilar bilan aholi örtasida tuşuntiriş işlari olib borilganini gapirib berdi.

Suv ta'minoti korxonasi tomonidan mahallaga içimlik suv ulab berilişi, mahalla fuqarolari suv uçun şartnoma tuzişni va'da qilişgani, suv böyiça masala hal bölganini ta'kidladi.

Bahromjon Qurbonov, tuman hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari.

Hokim örinbosarining qöşimça qilişiça, bir hafta içida mahalladagi simyoğoçlar ham almaştiriladi. Içki yöllarni asfalt qiliş esa faqat dastur böyiça amalga oşirilişi ta'kidlandi.

Lutfullo Xolboyev, suv ta'minoti bölimi muhandisi

Içimlik suvi muammosi haqida tuman suv ta'minoti bölimi muhandisi Lutfullo Xolboyev ham öz fikrlarini bildirdi.

«2017 yilda quduq tozalaş paytida quduqdan suv qoçgan. Gidrogeologik xulosalar olingan. Aholiga suv yetkazib beriş maqsadida Çinortepa köçasidagi magistral tarmoqdan qöşimça 400 metr tarmoq tortilib, mavjud liniyaga ulab berilgan. Aholi bilan şartnoma masalasida tuşunmovçilik bölgani uçun, bugun ular bilan kelişib oldik. Bugundan suv tuşirib beramiz», — deydi tuman suv ta'minoti bölimi muhandisi.

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi Muzaffar Aşurov ertadan brigada işga kirişib, hafta yakuniga qadar elektr simlari tayançlari örnatilişini ta'kidladi.

Muzaffar Aşurov, TETK muhandisi

«Çinortepa köçasi elektr ta'minoti 119-transformator punkti ötgan yili mukammal ta'mirdan çiqarilgan. Mahallada simyoğoçlar aholi tomonidan majburlikdan örnatilgani haqiqat. Bu yilgi 26-61 dasturi böyiça dastur bajarilayotgan obektlardan böşagan simyoğoçlarni mahallaga örnatib beramiz. Ertadan nasib qilsa brigadamiz bilan kelib, hafta yakuniga qadar tayançlarni örnatamiz», — deydi Muzaffar Aşurov.

Masalaga daxldor mas'ul idora vakillarining munosabatlarini tinglar ekanmiz, ular muammolarning asl yeçimini turli körinişda sabab qilib körsatgani böldi. Tuman hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari mahalla ahli içimlik suvi uçun şartnoma qilmay, tölovlar qilinmagani sabab suv berilmayotgani, şartnoma va tölov amalga oşirilsa hoziroq suv kelişini aytib ötdi.

Mahalla raisi esa bu borada umuman boşqa fikr bildirdi. U suv kelişi uçun suv minorasini ta'mirlaşga katta mablağ ketişi, suv ta'minoti korxonasining esa ta'mirga puli yöqligini aytib ötdi.

Qarama-qarşi fikrlar.

Mahalla ahli suv kelişiga umuman işonqiramayapti. Ular suv kelgan ondan boşlab, şartnoma va tölov qilişga tayyor turişibdi.

Tuman ETK muhandisi uzoği bir hafta içida abgor simyoğoçlar yangilanişiga va'da berdi.

Kun.uz muxbiri murojaat borib örganilgandan keyin ham mahalla ahli bilan bir neça marta telefon orqali muloqot qildi. Ma'lum bölişiça, suv ta'minoti korxonasidan xodimlar kelib, quduqdan suv çiqarmoqçi bölişgan, lekin harakat besamar ketgan. «Hoziroq suv tuşadi», degan va'da doimgidek va'daligiça qolib ketgan. Simyoğoçlar esa har doimgidek yetib kelmagan. Uning qaçon kelişini heç kim bilmaydi.

Asfaltni esa hatto hokim örinbosari va'da ham qila olmadi. U dastur asosida qilinadi.

Kun.uz mahalladagi muammolar qanday hal qilinişini kuzatişda davom etadi.

Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri.