O‘zbekiston | 07:41 / 31.05.2021
3021
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi 

Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi saqlanib turadi. Shamol ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 34-39 daraja issiq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba'zi joylarda 40-42 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 37-39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid