Isroilda yangi prezident saylandi
Itsxak Gersog Isroilning yangi prezidenti sifatida tasdiqlandi. U mamlakat tarixida sobiq prezidentning o‘g‘li bo‘lgan ilk davlat rahbari hisoblanadi.
Isroil parlamenti Itsxak Gersog nomzodini mamlakat prezidentligi uchun ma'qulladi. Parlamentning 120 a'zosidan 87 nafari uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan. Bu lavozimda Itsxak Gersog Reuvin Rivlinning o‘rnini egallaydi.
U bunga qadar diaspora munosabatlari va yahudiylarni Isroilga qaytarish bilan shug‘ullanadigan Yahudiylar agentligi rahbari bo‘lgan.
Shuningdek, Itsxak Gersog sobiq prezidentning o‘g‘li bo‘lgan ilk davlat rahbariga aylandi. Uning otasi 1983-1993 yillarda Isroilning oltinchi prezidenti bo‘lgan Xaim Gersog hisoblanadi.
Ma'lumot uchun, Itsxak Gersog 1960 yil Tel-Avivda tug‘ilgan. Dastlab davlat diniy maktabida, so‘ng Manxettendagi yahudiylar maktabida o‘qigan. U yurisprudensiya bo‘yicha birinchi ilmiy darajaga ega. Kornell universiteti va Nyu-York universitetlarida tahsil olgan.
1999-2001 yillar Bosh vazir huzuridagi hukumat kotibi, 2000-2003 yillar Giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha milliy ma'muriyat raisi lavozimida ishlagan. 2003 yil u Knesset(Isroil parlamenti)ga saylangan. 2005-2007 yillar Qurilish vaziri, 2006-2007 yillar Turizm vaziri, 2007-2009 yillar Jamiyat, diaspora va antisemitizm vaziri bo‘lgan.
2013 yilda esa Leyboristlar partiyasi rahbarligiga saylangan va oppozitsiya kompaniyasiga rahbarlik qilgan. 2016 yilda u moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda gumon qilingan, ammo yetarli dalil yo‘qligi sababli ish yopilgan. 2018 yilda yahudiylar agentligi raisligiga saylangandan keyin Knessetni tark etgan.
Mavzuga oid
11:20
AQSh Isroilning Eronga zarbaga tayyorlanayotgani haqidagi ma’lumot sizib chiqqanini tekshirmoqda
10:30
Isroil bosh vaziri qarorgohiga hujumdan keyin Eronga tahdid qildi
23:06 / 20.10.2024
Eron o‘ziga hujum bo‘lgan taqdirda Isroildagi nishonlarini belgilab oldi
20:27 / 20.10.2024