Surxondaryoda jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan shaxs Toshkent shahrida ushlandi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida jinoyat sodir etib qochib yurgan shaxs Toshkent shahrida ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning fevral oyida, Sherobod tumani Oltinvoha mahallasida yashovchi J.O. Jinoyat kodeksining 226-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan (Ma'muriy nazorat qoidalarini buzish) jinoyatini sodir etgan va yashiringan. Unga nisbatan Sherobod tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e'lon qilingan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qarori qo‘llanilgan.
Qayd etilishicha, 30 may kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Sherobod tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan J.O. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yurgani aniqlanib, qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
19:37 / 25.09.2024
Sho‘rchi tumani hokimi o‘zgardi
17:09 / 24.09.2024
“Hamma fermer imzo qo‘yib berishi kerak” - paxta yetishtiruvchilar narxni tushirishga majburlanmoqda
14:28 / 18.09.2024
“Vodorod sulfidi yuqori konsentratsiyada sizib chiqishi kuzatilmadi” – Ekovazirlik
13:34 / 18.09.2024