Farg‘ona viloyatida uch kunda 34 ta ilgari ochilmagan jinoyatlar fosh etilib, qidiruvdagi 14 nafar shaxs ushlangan. Bedarak yo‘qolganlar oilasi bag‘riga qaytarildi.

Shuningdek, viloyatdagi huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida fuqarolardan 800 dan ortiq o‘tkir kesuvchi jismlar olib qo‘yilgan, aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilganligi bildirildi. Ilgari sudlangan va huquqbuzarlik sodir etishga moyil 20 nafar shaxs ma'muriy nazoratga olinganligi, tuzalish yo‘liga kirmagan 2 nafar nazoratdagi shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura axborot xizmati.