Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosqinchilik jinoyatini sodir etib, 11 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi
Shu yil 22 fevraldan 5 aprelgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan, Namangan viloyati hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari o‘tkazildi.
15 mart kuni viloyat prokuraturasi va IIB tomonidan amalga oshirilgan hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 2009 yilda Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “a” bandida (bosqinchilik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, 11 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs Namangan shahar Uychi ko‘chasida ushlanib, tergovga keltirildi.
19 mart kuni esa Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs ham ushlandi. Qonundan qochib yurgan 27 yoshli jinoyatchi
Namangan shahar IIO FMB JQB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahar Davlatobod tumani Mustaqillik mahallasida ushlangan.
Ma'lumot uchun, ushbu oylik davomida qidiruvda bo‘lgan 10 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
08:52 / 19.03.2026
Namangan, Qashqadaryo va Samarqandda kontrafakt dori vositalari aniqlandi
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
17:58 / 17.03.2026