Jahon | 20:36 / 06.06.2021
18303
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden va Putin uchrashuvi vaqtida Jyeneva osmoni parvozlar uchun yopiladi

 AQSh va Rossiya prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Putinning Jyenevadagi uchrashuvi vaqtida shahar ustidagi havo hududi yopiladi. Bu haqda NZZ am Sonntag nashri xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda Shveytsariyaning fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi (BAZL) mamlakat harbiy-havo kuchlari va boshqa idoralar bilan Jyeneva osmonini yopish detallarini ishlab chiqmoqda

 Boshqarmada ta'kidlanishicha, bu “puxta tayyorgarlik ko‘rilgan jarayon” bo‘ladi.

 Putin va Bayden uchrashuvi 16 iyunda bo‘lib o‘tadi. Putin uchun Jyenevaga safar 2020 yil yanvaridan beri birinchi xorijiy safar bo‘ladi.

 Avvalroq AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuvi Jyenevadagi La Grange villasida yoki Hotel Residence Parc des Eaux Vives mehmonxonasida o‘tishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid