Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xatlonda birinchi o‘zbek-tojik mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tadi
Joriy yil 9 iyun kuni Xatlon viloyatining ma'muriy markazi - Bo‘xtar shahrida birinchi o‘zbek-tojik mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatidagi manbaga tayangan holda xabar qildi.
Forumda ikki davlat hukumatlari vakillari, O‘zbekiston va Tojikiston viloyatlari rahbarlari hamda qo‘shni davlatlarning tadbirkorlari ishtirok etishadi.
Manbaga ko‘ra, forumda yirik investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnomalar, tadbir yakunlari bo‘yicha imzolanishi rejalashtirilgan tegishli hujjatlar muhokama qilinadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi «Dang‘ara» va «Panj» erkin iqtisodiy zonalariga tashrif buyurishi ham kutilmoqda.
Nashr manbasi bunday forumlarning o‘tkazilishi yaqin kelajakda o‘zbek-tojik tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha belgilangan vazifani bajarishga imkon yaratishiga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-11 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi.
Bundan oldin, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi qayta tiklanishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
22:23 / 14.05.2026
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
19:30 / 14.05.2026