Joriy yil 5 iyun kuni Duşanbe şahrida Özbekiston boş vaziri örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Tojikiston taşqi işlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uçraşdi.

Uçraşuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va uni çuqurlaştirişning istiqbollari körib çiqildi.

Tomonlar kutilayotgan oliy darajadagi taşrif çoğida imzolanişi rejalaştirilgan ikki tomonlama hujjatlar va hukumatlararo bitimlarni işlab çiqişning borişini muhokama qildi. Şuningdek, ular tadbir kun tartibidagi barça yönalişlar borasida kelişuvlarga erişiş hamda barça masalalar yuzasidan yakdil fikrga keliş uçun bor bölgan imkoniyatlarni safarbar etişga özaro tayyor ekanliklarini bildirdi.

Ikki tomonlama munosabatlarda savdo-iqtisodiy şeriklikni mustahkamlaş va sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş masalalari umumiy ustuvorlikka ega ekanligi aytib ötildi. Şu munosabat bilan ikki mamlakat tegişli vazirlik va idoralari örtasidagi özaro hamkorlikning birinçi darajali vazifalari hamda özbek va tojik biznes jamoalari vakillari örtasida bevosita aloqalarni yölga qöyiş çora-tadbirlari muhokama qilindi. Özaro manfaatli qöşma loyihalar va savdo şartnomalarini amalga oşiriş böyiça kelişuvlarni nazarda tutgan holda oliy darajadagi taşrif kun tartibini amaliy mazmun bilan töldirişga oid navbatdagi tadbirlar belgilandi.

Madaniy-gumanitar sohada faol hamkorlikni davom ettiriş böyiça kelişuvga erişildi. Xususan, madaniyat, san'at, fan arboblari, şuningdek, ikki mamlakat yoşlarining Özbekiston va Tojikiston hududlariga özaro safarlarini taşkil etişga kelişib olindi. Ikki davlatning Toşkent, Samarqand, Termiz, Duşanbe, Xöjand, Penjikent va boşqa yirik şaharlari örtasida avtobus qatnovini qayta tiklaş istiqbollari muhokama qilindi. “Ipak yöli” sayyohlik brendini ilgari suriş va ziyorat turizmini rivojlantiriş loyihalarini amalga oşiriş böyiça birgalikda iş olib boriş töğrisida kelişuvga erişildi.

Şuningdek, tomonlar Birlaşgan millatlar taşkiloti, Şanhay hamkorlik taşkiloti va boşqa xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldi.

Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar muhokama etilgan hamkorlik yönalişlari doirasida navbatdagi tadbirlarni belgilab oldi.