O‘zbekiston | 14:37 / 07.06.2021
1356
1 daqiqa o‘qiladi

Yakkasaroyda fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, fuqarodan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.O. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning jiyanini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid