Jahon | 21:20 / 10.06.2021
11582
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada harorat keskin pasayib, qor yog‘di

Avstraliyaning janubi-sharqida harorat keskin pasayib, qor yog‘di.

Foto: EPA/UPG

Antarktikadan kirgan sovuq havo sababli Sidneyda harorat 10 darajagacha tushib ketgan. Ta'kidlanishicha, shaharda 37 yil ichida birinchi marta bunday rekord darajada sovuq havo qayd qilingan.

Atmosfera bosimi pasayishi ba'zi joylarda toshqinlarga olib kelgan. Buning natijasida Viktoriya shtatida bir kishi halok bo‘lgan. Shamol tezligi 120 km/soatga yetgan va ko‘plab daraxtlarni qo‘porib yuborgan.

Hukumat Traralgon shahrining 26 ming aholisini xavfsiz joyga ko‘chishga chaqirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid