Isroil mo‘yna sotilishini taqiqlagan birinchi davlatga aylandi
Isroil mo‘yna sotilishini qonunan taqiqlagan dunyodagi birinchi davlatga aylandi. Biroq ushbu taqiqlov ilmiy, ta'limiy va diniy ehtiyojlarda qo‘llanuvchi mo‘ynaga taalluqli bo‘lmaydi va dekabrdan kuchga kiradi. Bu haqda Isroil ekologiya vaziri Gila Gamliel ma'lum qildi.
«Men moda sanoatida mo‘yna sotishni taqiqlash haqidagi farmonni imzoladim. Mo‘yna sanoati butun dunyoda millionlab jonzotlar o‘limiga olib keladi va shafqatsizlik hamda azob-uqubat bilan bog‘langan. Biz birgalikda Isroilning moda bozorini ekologik sof va jonzotlarga nisbatan rahmdil qilamiz», deb yozgan vazir Twitter’da.
Hayvonlarni himoyalash tashkiloti PETA ushbu farmonni «tarixiy g‘alaba» deb atagan. Biroq The Times Of Israel nashri farmonning tanqidchilariga tayanib, hujjat «zaif» va «ramziy» ekanini, chunki mo‘ynaning diniy sabablarga ko‘ra sotilishini taqiqlamasligini aytgan.
Jumladan, hujjat qabul qilinganiga qaramay, ultraortodoksal yahudlar bayram va tantanali marosimlar vaqtida boshiga kiyadigan mo‘ynali telpak – shtraymllar sotilishi taqiqlanmaydi.
«Suvsar va tulkilar dumidan tayyorlanadigan qalpoqlar 5 ming dollargacha turishi mumkin. Bu Isroilda iliq iqlim sharoitida keng tarqalgan yagona mo‘ynali mahsulot hisoblanadi», deb ta'kidlab o‘tilgan nashrda.
Mavzuga oid
10:30
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
17:37 / 21.11.2024