Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Bayden uchrashuvi Jyenevadagi La Granj villasida bo‘lib o‘tadi
Sammitga tayyorgarlik doirasida 8 iyundan boshlab La Granj parki tashrif buyuruvchilar uchun yopildi. Park atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyun kuni Jyenevadagi La Granj villasida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Shveytsariya TIV.
"16 iyun kuni mashhur La Granj villasi prezident Bayden va Putinni qabul qiladi", - deyiladi tashqi ishlar vazirligining tvitter sahifasida.
18 asrda qurilgan villa La Granj parkining markazida joylashgan.
Sammitga tayyorgarlik doirasida 8 iyundan boshlab park tashrif buyuruvchilar uchun yopildi. Park atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Shuningdek, sammit vaqtida Jyeneva havo hududi yopib qo‘yiladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Bayden va Putin uchrashuvi yakunida hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilmagan.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
15:48 / 10.06.2026
Jyenevada O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurashdagi yutuqlari yuqori baholandi
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026