Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik diplomatlarga Rossiya bo‘ylab erkin harakatlanish taqiqlab qo‘yildi
Rossiya hukumati AQSh bilan «ochiq quruqlik» haqidagi memorandum amal qilishini to‘xtatdi. Ushbu hujjat rossiyalik va amerikalik diplomatlarga mos ravishda AQSh va Rossiya hududi bo‘ylab erkin harakatlanish huquqini bergan. Rossiya tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, memorandum AQSh tomonidan Moskvaga nisbatan kiritilgan navbatdagi sanksiyalarga javoban bekor qilingan.
Memorandum Vashingtonda 1992 yil iyunda imzolangan edi. Hujjat «yopiq hududlar» tushunchasini bekor qilgan va diplomatlarga faoliyat yuritayotgan davlatlarining maxsus ruxsat talab qilinmagan hududlarida erkin harakatlanish imkonini bergan. Shuningdek, ulardan safarlar amalga oshirish uchun ruxsat olish talab qilinmagan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning yangi sanksiyalariga javoban memorandumni bekor qilmoqchiligini aprelda ma'lum qilgandi.
Aprelda Vashington Moskvaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritilishini e'lon qilgan. Jumladan, AQSh 10 nafar rossiyalik diplomatni o‘z hududidan chiqarib yuborgandi. Vashingtonning ta'kidlashicha, ular orasida Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari ham bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:50 / 15.02.2026
AQSh Hind okeanida yana bir tankerni ushladi
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028 yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
14:21 / 14.02.2026