Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mini-futbol bo‘yicha DXX raisi kubogi o‘tkaziladi
DXX matbuot xizmatining xabar berishicha Toshkent shahrida mini-futbol bo‘yicha DXX raisi kubogi bo‘lib o‘tadi. Unda viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng kuchli 14 ta jamoa qatnashadi.
Joriy yil aprel oyidan boshlab, respublika bo‘ylab mini-futbol bo‘yicha DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari kubogi o‘tkazildi.
Unda 18-30 yosh oralig‘idagi yoshlardan iborat 7779 ta jamoa ishtirok etdi. Viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng kuchli 14 ta jamoa 12-15 iyun kunlari Toshkent shahridagi “Milliy” stadionida DXX Raisi kubogi uchun o‘zaro kuch sinashadi.
Birinchi o‘rinni egallagan jamoaga ular istiqomat qiladigan tumanda mini-futbol maydoni, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarga esa ular yashaydigan tumanlarda “Workout” maydonchalari qurib beriladi.
Shuningdek, “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi to‘purar”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar ham aniqlanadi.
Mavzuga oid
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
08:20 / 03.06.2026
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
15:25 / 29.05.2026