Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 mamlakatlari Xitoyga qarshi global loyihani yo‘lga qo‘ymoqchi
Tashabbus «Dunyoni yaxshiroq ko‘rinishda tiklaymiz» deb nomlanadi hamda Lotin Amerikasi va Karib havzasidan to Afrika va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi davlatlarni qamrab oladi.
Britaniyada o‘tkazilgan sammitda «Katta yettilik» mamlakatlari rahbarlari Xitoyga qarshi turish maqsadida global tashabbusni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, tashabbus «Dunyoni yaxshiroq ko‘rinishda tiklaymiz» — Build Back Better World (B3W) deb nomlanadi hamda Lotin Amerikasi va Karib havzasidan to Afrika va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi davlatlarni qamrab oladi.
B3W Xitoyning «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusiga qarshi posangi vazifasini bajarishi kutilmoqda.
«Bir makon, bir yo‘l» — Xitoyning xalqaro tashabbusi bo‘lib, u Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqasida joylashgan 60dan ortiq mamlakatlarni o‘zaro bog‘lovchi mavjud iqtisodiy yo‘laklarni yanada takomillashtirish hamda yangi transport va savdo yo‘llarini yaratishga qaratilgan. Ushbu hududdagi davlatlar jahon yalpi ichki mahsulotining 55 foizini, global energiya zaxiralarining 75 foizini o‘zida jamlagan.
Mavzuga oid
18:05 / 07.05.2026
Xitoyning sobiq mudofaa vazirlari o‘lim jazosiga hukm qilindi
22:17 / 06.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoy zavodidagi fojia munosabati bilan Si Jinpingga hamdardlik bildirdi
09:22 / 06.05.2026
Xitoy 78 milliard tup daraxt ekdi, ammo endi buning salbiy oqibatlarini ko‘rmoqda
09:17 / 05.05.2026