Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada milliy darajadagi epidemiya rejimi sentyabr oxirigacha uzaytirildi
Germaniya parlamenti 2020 yil mart oyida koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan milliy darajadagi epidemiya rejimini 30 sentyabrgacha uzaytirishga qaror qildi.
DPA axborot agentligining xabar berishicha, rejim uzaytirilishi uchun 375 deputat ovoz bergan, 218 deputat qarshi chiqqan. Ushbu rejim hukumatga parlament va federal yerlar vakillari palatasi – Bundesrat ruxsatisiz muayyan cheklovlarni kiritish yoki ularning amal qilishini uzaytirishga imkon beradi.
Ayni vaqtda Germaniyada yengil lokdaun amal qilmoqda. Maktablar va bolalar bog‘chalari ishlayapti, ba'zi federal yerlarda muzey va galereyalar faoliyat yurityapti. Ko‘plab hududlar cheklovlarni yengillashtirishga kirishmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi sutkada mamlakatda 2440ta yangi kasallanish holati qayd qilingan va umumiy hisobda 3,711 mlnga yetgan. Shuningdek, kunlik o‘lim holati 102tani tashkil qilgan, pandemiya boshidan beri esa 90 mingga yaqinlashib qoldi.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026