Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda «UzAuto Motors» zavodi ochiladi
9 iyun kuni Bo‘xtarda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘zbek-tojik mintaqalararo investitsiya forumi doirasida «UzAuto Motors» yengil avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha «Auto Motors Tajikistan» qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Tegishli bitim Tojikistonning «Alyuminso‘xtmon» OAJ va «Avtosanoat Invest» MChJ o‘rtasida imzolandi.
Ushbu loyiha Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabirning 2021 yil 21 aprelda O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshiriladi, deb xabar berildi «O‘zavtosanoat» saytida.
Loyihani amalga oshirish uchun 2021 yil 5-7 may kunlari «O‘zavtosanoat» AJ ishchi guruhi Tojikistonga tashrif buyurib, sherik «Alyuminso‘xtmon» kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlarini o‘rganib chiqdi va qo‘shma korxona yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Dastlabki bosqichda loyihaning ishlab chiqarish quvvati 10 000ta avtomobilni tashkil etadi, kelgusida 35 000 donaga yetkazish rejalashtirilgan.
2019 yil mart oyida mamlakatlar bitta qo‘shma avtomobil loyihasini - «TALKO-KRANTAS maxsus texnika zavodi»ni ishga tushirdi. Bu Tojikistonda yuk mashinalari va maxsus texnika ishlab chiqaradigan birinchi korxona hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:44 / 20.04.2026
10 mlrd qarzi bilan tugatilgan zavod: “Toshkent yog‘-moy kombinati”ning ishchilari chorasiz qoldirildi
13:48 / 05.12.2025
Gomeldagi idish-tovoq zavodi RF uchun harbiy dronlar yetkazib beryapti
12:11 / 29.10.2025
Rheinmetall Bolgariyada harbiy zavod barpo etilishini e’lon qildi
09:28 / 11.10.2025