Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada 50dan ko‘proq kishi chorva o‘g‘rilari hujumlari qurboni bo‘ldi
Nigeriyada chorva o‘g‘rilari Zamfara shtatining 6ta qishlog‘ida 53 kishini o‘ldirdi. Politsiyaning ta'kidlashicha, mototsikllarda harakatlangan qurollangan jinoyatchilar chorva o‘g‘irlash maqsadida fermerlarga hujum qilgan.
Marosim vaqtida takroriy hujumlar sodir etilishi mumkinligi xavotirida qurbonlarning bir qismi qo‘shni shaharda dafn qilingan. Yana 14 qurbon jasadi shtat poytaxti – Guso shahriga jo‘natilgan.
Hukumat voqea yuz bergan hududga qo‘shimcha kuchlarni jo‘natgan.
Nigeriyada ikki yildan beri jinoiy to‘dalarning tinch aholiga hujumlari tobora avj olmoqda. Jinoyatchilar moddiy naf ko‘rish maqsadida odamlarni garovga olyapti, chorvalarni olib qochyapti, tinch aholini qo‘rqitib, unga turli o‘lponlar solmoqda. Jumladan, 2020 yil dekabridan beri evaz puli olish maqsadida 850dan ziyod o‘quvchi va talaba o‘g‘irlab ketilgan. Ulardan aksariyati jinoyatchilar talab qilgan pul to‘lab berilgandan keyin qo‘yib yuborilgan.
Hukumat jinoyatchilikni bostirish uchun politsiyaning maxsus otryadlari va harbiylarni jalb qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025