O‘zbekiston | 08:21 / 14.06.2021
2830
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda 15 yoshli o‘smir suvda cho‘kib ketdi

2021 yilning 9 iyun kuni Olot tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi «Amu Buxoro» kanaliga cho‘milishga borib, suvga cho‘kib ketgan. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, o‘quvchining jasadi bir kundan keyin topilgan. U o‘sha kuni maktabda bitiruv imtihonlarini topshirib, cho‘milishga borgan.

Kanalning chuqurligi taxminan 4-5 metr bo‘lgan qismida o‘smir yigitni suv to‘lqini oqizib ketgan. Yonida bo‘lgan tengdoshlari uni qutqarishga urinishgan, biroq ulgurishmagan. Holatdan qo‘rqib qolgan o‘smirlar voqea joyidan qochib ketishgan.   

Qutqaruvga FVBning g‘avvos-qutqaruvchilari, baliqchilar jalb etilgan. Kanal suvi hajmi juda yuqoriligi sababli bolani tirik qutqarib qolish imkoni bo‘lmagan. Qidiruv ishlari 10 iyun tongiga qadar davom etgan va shu kuni bolaning jasadi baliqchilar to‘ri orqali topilgan.

Mavzuga oid