Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning ikki kemasi Qora dengiz hududiga kirdi
10 iyun kuni Britaniya va Niderlandiya harbiy kemalari Qora dengiz tomon harakatlanishi xabar qilingandi.
Foto: royalnavy.mod.uk
Britaniyaning «Defender» esminetsi va Niderlandiyaning «Everton» fregati Qora dengiz hududiga kirdi. Bu haqda Rossiya milliy mudofaa boshqaruv markazi xabar berdi.
«Qora dengiz floti kuchlari va vositalari 14 iyun kuni Qora dengiz akvatoriyasiga kirgan Buyuk Britaniya HDKning «Defender» esminetsi va Niderlandiya HDKning «Everton» fregati harakatini kuzatishga kirishdi», — deyiladi xabarda.
«HMS Defender» esminetsi uzunligi 152 metr, tezligi 30 uzelga yaqin (55 km/s). Kema radiolokatsion stansiya, zenit artilleriyasi bilan jihozlangan.
HNLMS «Eversen» (F805) fregati uzunligi 144 metr, tezligi 28 uzel (51 km/s). Uning asosiy vazifasi dengizda havo hujumidan mudofaani ta'minlash hisoblanadi.
10 iyun kuni Britaniya va Niderlandiya harbiy kemalari Qora dengiz tomon harakatlanishi xabar qilingandi. Flot NATO mamlakatlarining «Sea Guardian» o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etgan.
Mavzuga oid
14:13 / 19.02.2026
NATO Boltiqbo‘yi sohiliga desant tushirish mashqlarini o‘tkazmoqda
14:28 / 18.02.2026
Patrushev NATOni “hujumkor guruh” tuzishda aybladi
15:48 / 16.02.2026
Ryutte: Urush Rossiyani yemiryapti, poytaxt aholisi ham yaqinda buni his qiladi
09:33 / 13.02.2026