Jahon | 15:05 / 15.06.2021
12202
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda bir sutkada 160 nafar tolibon jangarisi yo‘q qilindi

Avvalroq “Tolibon” harakati matbuot kotibi Zabiulloh Mujohid AQShning Foreign Policy jurnaliga bergan intervyusida harakat va rasmiy hukumat o‘rtasida ishonch deyarli yo‘qligini aytgandi.

Foto: EPA

Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari oxirgi sutkada to‘qqizta viloyatda "Tolibon" harakatining 160 nafar jangarisini yo‘q qildi, yuzdan ortiq jangari jarohatlandi, deb xabar berdi Pajvak agentligi.

"Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari o‘tkazgan operatsiyalar natijasida oxirgi 24 soat ichida Qunduz, G‘azni, Badg‘is, Hirot, G‘ilmind, G‘or, Nangarhor, Vardak va Badaxshon viloyatlarida 160 nafar tolib yo‘q qilindi, 108 nafari jarohatlandi", - deya mudofaa vazirligi xabaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Avvalroq “Tolibon” harakati matbuot kotibi Zabiulloh Mujohid AQShning Foreign Policy jurnaliga bergan intervyusida harakat va rasmiy hukumat o‘rtasida ishonch deyarli yo‘qligini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon”ning asosiy maqsadi xalqaro harbiy kuchlarning Afg‘onistonni to‘liq tark etishiga erishish va mamlakatda Islom hukumatining o‘rnatilishidir.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid