Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mualliflik huquqlari himoya muddati 50 yildan 70 yilga oshiriladi
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda deputatlar “Intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.
Qonun loyihasida intellektual mulk obektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoniga tezkor ekspertizani joriy etish, intellektual mulk obektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini qisqartirish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasida mulkiy huquqlar himoya muddatini uzaytirish normalari o‘z aksini topgan.
Shuningdek, loyihaga muallif vafotidan keyin mualliflik huquqlari himoya muddatini 50 yildan 70 yilga oshirish to‘g‘risidagi norma kiritildi. Bu muallifning kamida ikkita avlodi yashagan davr mobaynida unga tegishli bo‘lgan mulkiy huquqlar himoyasi ta'minlanishiga xizmat qiladi.
Deputatlar qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi talabnoma berilgan intellektual mulk obektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shu bilan birga, ishlab chiqarishga ishlanmalar kiritilishini rag‘batlantirish hamda mahsulotlar va xizmatlarning turlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
17:50 / 14.05.2026
«O‘tkan kunlar»ni ingliz tiliga o‘girgan olim O‘zDJTUga qarshi sudda g‘olib chiqdi
11:53 / 01.04.2026
Sardor Mamadaliyev mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
18:02 / 10.03.2026
Britaniyalik 10 ming nafar yozuvchi matnsiz kitob chiqardi
23:21 / 16.01.2026