Ukraina o‘zining jangovar dronini namoyish etdi
Ma'lumot berilishicha, ACE ONE bir tonnagacha qurol tashishi va tezligini soatiga 1000 kilometrgacha yetkazishi mumkin.
Kiyevdagi qurol va xavfsizlik ko‘rgazmasida Ukrainada ishlab chiqarilgan ACE ONE droni namoyish etildi, deb xabar berdi Ukrinform.
"Bunday dron Ukrainada ham, butun dunyoda ham yo‘q edi. Bir tonnagacha qurol tashiy oladigan dronlar toifasida ACE ONE birinchi raqamda. U eng yangi Stealth texnologiyasi asosida yaratilgan. ACE ONE tezligi soatiga 1000 kilometrgacha yetadi. Boshqaruv sun'iy ong tizimi yordamida amalga oshiriladi", - dedi loyiha konstruktori va rahbarlaridan biri Aleksandr Los.
Loyihaning yana bir rahbari Vladimir Usovning qayd etishicha, dron Ukraina havo hududini himoya qilishga mo‘ljallangan.
Ma'lumot berilishicha, dronni yaratish ustida 25 nafar ukrainalik olim va mutaxassislar ish olib borgan.
Mavzuga oid
19:13 / 20.10.2024
Rossiyaning Qora dengiz floti Ukraina dronlari tufayli manzilini o‘zgartirdi
22:30 / 19.10.2024
AQSh Ukrainani NATOga taklif qilishga tayyor - OAV
19:00 / 19.10.2024
Fransiya Zelenskiyning «g‘alaba rejasi»ni qo‘llab-quvvatlaydi
10:40 / 19.10.2024