O‘zbekiston | 12:27 / 16.06.2021
2059
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiotada jinoyat sodir etib qidiruvda bo‘lgan shaxs Namanganda ushlandi

8 iyun kuni Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan tadbir davomida qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishcha, bundan necha muddat oldin Namangan shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan I. X. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi, 228-moddasi 2-qismi «b» bandi, 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etib, tergovdan yashirinib yurganligi sababli Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e'lon qilingan.

Mazkur qidiruv asosida Toshkent viloyati IIBB XTTB va Zangiota tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida ushbu shaxs qo‘lga olinib, Zangiota tumani IIBga olib kelingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid