Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 iyundan akademik litseylarga qabul boshlanadi
Joriy yil 20 iyundan akademik litseylarda 2021/2022 o‘quv yili uchun o‘quvchilardan hujjatlarini qabul qilish boshlanadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, o‘quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar akademik litseylarda tashkil etilgan maslahat kengashlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ta'lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yo‘nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihonni topshirish hamda imtihonni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport/ID-karta) nusxasi;
- 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 6ta rangli fotosurat (oq fonda).
Bundan tashqari, hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali akademik litseylarga o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn topshirishi ham mumkin bo‘ladi.
O‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni ham topshiradi.
Hujjatlarni qabul qilish 30 iyunga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
21:33 / 21.06.2026
OTMlarga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 432 805 nafardan oshdi
08:53 / 08.06.2026
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
08:57 / 05.06.2026
Abituriyentlar qabuli boshlandi
08:39 / 01.06.2026