Jahon | 15:25 / 17.06.2021
6458
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada xorijiy «prava»ga ega haydovchilar taksi xizmatiga ishga olinmaydigan bo‘ldi

Talabni buzgan haydovchilar jarimaga tortiladi, agregatorlarga esa tegishli ogohlantirish yuboriladi. 

Moskvadagi taksi agregatorlariga xorijiy «prava»ga ega haydovchilarni ishga olmaslik talabi qo‘yildi. Bu haqda Moskva shahar transport boshqarmasi ma'lum qildi.

«Boshqarma taksi agregatorlaridan xorijiy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan va haydovchilik tajribasi bo‘lmaganlarni servisga ulashni to‘xtatishni talab qildi», — deyiladi boshqarma xabarida.

Talabni buzgan haydovchilar jarimaga tortiladi, agregatorlarga esa tegishli ogohlantirish yuboriladi. 

Ta'kidlanishicha, yil davomida yetarlicha tajribaga ega bo‘lmagan xorijlik haydovchilar taksi xizmati ko‘rsatish bo‘yicha ruxsat olgan 1,7 mingdan ortiq holat aniqlangan. Bu esa amaldagi qonunchilikka zid va yo‘lovchilar hayoti uchun xavfli, deyiladi boshqarma xabarida.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid