Jahon | 16:14 / 18.06.2021
5937
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada jazirama sababli favqulodda vaziyat rejimi joriy etildi

Qayd etilishicha, aholining konditsionerlardan faol foydalanishi natijasida shtatdagi energetika tizimi ortiqcha yuklamaga duch kelishi, elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom ayrim rayonlarda havo harorati 48 darajaga yetganligi sababli shtat hududida favqulodda vaziyat rejimi joriy etilishini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, aholining konditsionerlardan faol foydalanishi natijasida shtatdagi energetika tizimi ortiqcha yuklamaga duch kelishi, elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

U AQShning qariyb 40 mln kishi yashaydigan shtat aholisini elektr energiyasini tejashga, xususan, bir necha kun davomida kir va idish yuvish mashinalaridan foydalanmaslikka chaqirdi. 

O‘tgan yili yozda Los-Anjyelesda havo harorati 49,4 darajaga yetgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid