16:17 / 19.06.2021
12357

Kim Chen In KXDRni og‘ir vaziyatdan olib chiqishga qasamyod qildi

Koreya mehnat partiyasining to‘rt kun davom etgan plenumida partiya qurilishi, mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyat, tashqi siyosiy masalalar ko‘rib chiqildi.

Foto: Reuters

Koreya mehnat partiyasi (KMP) bosh kotibi Kim Chen In partiya markaziy qo‘mitasi plenumida mamlakat KMP yetakchiligida barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishi to‘g‘risida qasamyod qildi.

"Bosh kotib KMP markaziy qo‘mitasi nomidan partiya inqilob yo‘lidagi barcha qiyinliklarni yengib o‘tishi borasida tantanali qasamyod qabul qildi", - deyiladi Koreya markaziy telegraf agentligi xabarida.

KMPning 15 iyun kuni ochilgan plenumi juma kuni o‘z ishini yakunladi. To‘rt kun davomida partiya qurilishi, mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyat, tashqi siyosiy masalalar ko‘rib chiqildi.

Kim Chen In AQSh masalasiga to‘xtalar ekan, muloqotga ham, ziddiyatga ham tayyor turish kerakligini ta'kidladi.

U shuningdek, "har soatda o‘zgarayotgan holatga javob qaytarish va Koreya yarimorolidagi vaziyat ustidan barqaror nazorat o‘rnatishga" chaqirdi.

Mavzuga oid
Top