Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan o‘qituvchi ushlandi
Chirchiq davlat pedagogika instituti yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga ikki nafar fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Sh. E. fuqaro B. T. va E. J.larni ushbu institut yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
15:32 / 25.05.2026