Jahon | 22:16 / 23.06.2021
14755
1 daqiqa o‘qiladi

Neft narxi rekord darajada oshdi

Bu oxirgi kunlarda qayd etilgan navbatdagi rekord hisoblanadi: 22 iyun kuni Brent narxi 2019 yil may oyidan buyon ilk bor bir barreli 73 dollarga ko‘tarilgandi.

23 iyun kuni Brent rusumidagi neft narxi 2018 yil sentyabrdan buyon birinchi marta bir barreli uchun 76 dollarga yetdi

Bu oxirgi kunlarda qayd etilgan navbatdagi rekord hisoblanadi: 22 iyun kuni Brent narxi 2019 yil may oyidan buyon ilk bor bir barreli 73 dollarga ko‘tarilgandi.

WTI rusumidagi neft narxi ham ko‘tarildi, kun davomida uning bir barreli 74,21 dollargacha baholandi.

Yirik neft kompaniyalari rahbarlari talab va taklif o‘rtasidagi farq bois neftning bir barreli narxi 100 dollargacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Avvalroq Bank of America tahlilchilari ana shunday taxmin bildirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid