O‘zbekiston | 11:32 / 23.06.2021
10784
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TURKPAga qo‘shiladi

O‘zbekiston Turkiy tilli mamlakatlarning parlament assambleyasi (TURKPA)ga a'zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

“Anado‘lu” xabariga ko‘ra, bu haqda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Toshkentda TURKPA delegatsiyasi bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Turkiya parlamenti deputati Ismat Uchma boshchiligidagi delegatsiya tarkibiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya parlamentariylari kirdi. 

Tomonlar Turkiy kengashga a'zo davlatlar va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni hamda O‘zbekiston parlamenti va TURKPA o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. 

Uchmaning ta'kidlashicha, O‘zbekiston turk dunyosida alohida o‘rin tutadi. TURKPA O‘zbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish niyatida, dedi u. 

Safoyev, o‘z navbatida, O‘zbekiston Turkiy kengash bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat berishini ta'kidladi. O‘zbekiston parlamenti TURKPA bilan aloqalarni yanada mustahkamlash niyatida, dedi u. 

Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston kelajakda TURKPAga a'zo bo‘lishga qaror qildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid