SpaceX sentyabrda butun sayyorani sun'iy yo‘ldosh interneti bilan ta'minlamoqchi
Starlink orbital guruhi 1800ta sun'iy yo‘ldoshdan iborat, ammo ularning barchasi ham hozircha ishlaydigan orbitasiga chiqmagan. Qolgan qurilmalar ham o‘z joyini egallaganidan so‘ng ular uzluksiz global internet qamrovini ta'minlaydi.
SpaceX kompaniyasi sentyabrda butun dunyoga sun'iy yo‘ldosh internetini taqdim etishni rejalashtirdi, deb xabar berdi Reuters.
Starlink sun'iy yo‘ldosh interneti to‘laqonli ishlashi uchun yer yaqinidagi orbitaga 12 mingta sun'iy yo‘ldoshni joylashtirish ko‘zda tutilgan. Bu taxminan 10 milliard dollarga tushadi.
Xabar qilinishicha, Starlink orbital guruhi 1800ta sun'iy yo‘ldoshdan iborat, ammo ularning barchasi ham hozircha ishlaydigan orbitasiga chiqmagan. Qolgan qurilmalar ham o‘z joyini egallaganidan so‘ng ular uzluksiz global internet qamrovini ta'minlaydi.
Barcha sun'iy yo‘ldoshlar kerakli orbitaga chiqqanidan keyin kompaniya internet uzatish uchun ruxsatnoma olish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. Biroq har bir mamlakat uchun alohida ruxsatnoma olish kerakligi bois bu jarayon cho‘zilishi mumkin. Hozirda Starlink kompaniyasining sinov interneti 11 mamlakatda ishlamoqda.
Avvalroq SpaceX rahbari Ilon Mask 2021 yil oxirigacha Starlink sun'iy yo‘ldosh interneti tezligini 300 Mbit/soniyaga yetkazishini aytgandi.
Mavzuga oid
17:20 / 20.11.2024
SpaceX oltinchi marta Starship raketasini sinovdan o‘tkazdi. Parvozni Donald Tramp ham kuzatib bordi
22:48 / 18.11.2024
Starlink uchun yana 20 ta sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
22:03 / 25.10.2024