Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada rekord miqdordagi bitkoyn musodara qilindi
O‘tgan yil davomida mamlakat hukumati giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq ish doirasida 718 million funt sterlingga teng bitkoynlarni musodara qilgandi.
Skotlend-Yard pul yuvish ishi doirasida umumiy qiymati 114 million funt sterlingga (158 million dollar) teng bitkoynlarni musodara qildi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bu Buyuk Britaniya uchun rekord miqdordagi musodara hisoblanadi va yil davomida musodara qilingan barcha kriptovalutalarning salmoqli ulushini tashkil etadi.
O‘tgan yil davomida mamlakat hukumati giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq ish doirasida 718 million funt sterlingga teng bitkoynlarni musodara qilgandi.
Avvalroq Janubiy Koreyada soliq to‘lashdan qochgan o‘ziga to‘q fuqarolarning kriptovaluta aktivlarini musodara qilish boshlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
02:52 / 10.05.2026
Trampning kompaniyasi kriptovalutada 405 mln dollar yo‘qotdi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026