Truth Social ijtimoiy tarmoğiga egalik qiluvçi va AQŞ prezidenti Donald Tramp oilasi tomonidan nazorat qilinuvçi Trump Media & Technology Group Corp. kompaniyasi hisobotiga köra, 2026 yilning birinçi çoragida kriptovaluta böyiça realizatsiya qilinmagan zararlar sababli daromadlar 405,9 million dollarga kamaygani qayd etilgan.
Kompaniyaning ötgan yili kriptovalutaga investitsiya kiritişi köpmillionlik zararga olib kelgan. Buning qariyb 370 mln dollari raqamli aktivlar va aksiyalar böyiça bajarilmagan majburiyatlarga töğri keladi.
CoinGecko ma’lumotiga köra, hozirda Trump Media hisobida ötgan yil iyulida 108,5 ming dollardan sotib olingan 9500dan ortiq bitkoyn bor. Kompaniya fevral oxirida 2000 bitkoynni sotdi. Öşanda uning narxi 70 ming dollardan sal arzon edi. Hozirda bir bitkoyn narxi 80 ming dollardan ortiqroqni taşkil etmoqda.
Aprel oxirida Trump Media boş direktori Devin Nunyyes kompaniya aksiyalari narxi 2022 yildan beri 90 foizdan ortiqroqqa tuşib ketgani bois iste’foga çiqqandi. Öşa paytda aksiya narxi 97 dollardan balandroq bölgan, hozirda esa 8,93 dollarga teng.
Ötgan yil noyabrida bitkoyn narxining keskin qulaşi ortidan Trump Media 400 mln dollar yöqotgandi.
Tramp Trump Media kompaniyasining 53 foiz aksiyasiga ega yirik aksiyadori hisoblanadi.

















