AQSh Afg‘onistonni tark etishga haqlimi? Ekspertlar fikri
AQSh qo‘shinlarining chiqib ketishi Afg‘oniston jamiyati, afg‘on ayollari va iqtisodiyoti uchun ayanchli natija bo‘lishi mumkin. Toliblarni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlayotgan manbalarni tugatish tinchlik jarayoni uchun eng muhim qadam bo‘ladi.
Foreign Affairs nashri AQSh qurolli kuchlari Afg‘onistondan chiqib ketishining ta'siri va bu qanchalik to‘g‘ri qaror bo‘lishi haqida xalqaro ekspertlarning fikrlarini o‘rgandi. So‘rovnomada ushbu masalada tegishli ixtisoslashgan tajribaga ega o‘nlab vakolatxonalar ekspertlarining fikrlari keltirilgan. Ishtirokchilardan bu qarorga rozi yoki qo‘shilmasligini bildirish va holatni baholash so‘ralgan.
Endryu Uotkins, International Crisis Group bosh tahlilchisi
Afg‘onistondagi AQSh/NATO kuchlari tark etganidan keyin vujudga keladigan vakuum salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xususan, zo‘ravonlikning kuchayishi sabab tinch aholi vakillarining jabrlanishi, «Tolibon»ning kuchayishi va transmilliy radikal guruhlar faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan keng maydon.
Ammo potensial salbiy natijalarga e'tibor qaratish AQShning Afg‘onistondagi ishtiroki natijasida yuzaga kelgan ko‘plab boshqa aniq negativ ta'sirlarni ko‘pincha e'tiborsiz qoldiradi yoki chetga surmoqda. Tan olish kerak, AQShning 20 yillik faoliyati Afg‘oniston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va rivojlanishiga yordam berdi. Shunga qaramay, AQShning mavjudligi samarali boshqaruv, sog‘lom siyosiy muhit va barqaror xavfsizlik muhitini ta'minlay olmadi.
Afg‘oniston urushi aynan AQSh kuchlari chiqib ketgani bilan tugamaydi, ammo ular mamlakatda ekan, bu holat hech qachon tugamas edi.
Yechim aniq: Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlashi va tinchlik bo‘yicha mintaqaviy konsensusni qabul qilishi kerak.
Anne-Mari Slafter, Yangi Amerika Markazi bosh direktori
AQSh qo‘shinlari chiqib ketishi Afg‘oniston jamiyati, afg‘on ayollari va iqtisodiyoti uchun ayanchli natija bo‘lishi mumkin. Ammo prezident Jo Bayden 20 yillik faoliyatdan keyin jiddiy strategik o‘zgarishlarni amalga oshirishga jur'at etdi. Qo‘shma Shtatlar «Al-Qoida» bazalarini yo‘q qilish bo‘yicha o‘zining dastlabki vazifasini bajardi. Ammo uning ma'muriyati afg‘on jamiyatini qayta tiklashga qaratilgan katta vazifalarni bajara olishi qiyin.
Kristin Feyr, Jorjtaun universitetining xavfsizligini o‘rganish dasturi professori
Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbariyati tarixdan tegishli saboqlarni ololmasligini isbotlamoqda. Ushbu 20 yillik urush paytida AQSh hech qachon Pokistonning «Tolibon»ni doimiy qo‘llab-quvvatlashini to‘xtatish uchun tegishli majburiy strategiyalar ishlab chiqmagan. Afg‘onistonda bizning askarlarimiz, tinch aholi va ittifoqchilarimiz o‘ldirildi. Bu yerda biz o‘z manfaatlari AQSh manfaatlariga zid bo‘lgan «sherik» bilan urushga bordik. O‘tkazilgan muzokaralar natijasida AQSh hukumati bizni toliblar Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qodir bo‘lgan mustaqil aktyorlar ekanligiga ishonishimizni istamoqda. Bu fantastika. Afg‘oniston «Tolibon»i tinchlik istamaydi.
Pokistonni «Tolibon» va boshqa islomiy jangarilarni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga majbur qiladigan kuchli strategiyasiz Afg‘oniston yana fuqarolar urushi girdobiga qaytadi. Afg‘oniston aholisi juda yosh. So‘nggi 20 yil ichida afg‘onlar o‘z kelajagiga umid bog‘lay boshladilar. Ushbu umidlar Amerika nosozligi qurbongohida yonmoqda. «Tolibon»ning g‘azabini birinchi bo‘lib ayollar va qizlar, umuman, amerikaliklar va ularning ittifoqchilari bilan birga ishlagan barcha odamlar boshdan kechiradilar.
Afsuski, Amerika jamoatchiligi tanqidlarga befarq. Ular Amerikaning Afg‘onistondagi xarajatlari to‘g‘risida doimiy jadvalga ega. Amerikaliklar bu raqamni eshitib, hayratda. Ammo haqiqat shuki, Afg‘onistonga «berilgan» har bir Amerika dollari uchun taxminan 90 sent AQShga pudratchi to‘lovlar bilan ortda qaytgan.
Afg‘oniston tizimidagi korrupsiyadan amerikaliklar ham xuddi shunday bezovtalanmoqda, ammo ular amerikaliklar ushbu korrupsiyani «ishlarni bajarish» uchun maqsadga muvofiq usul sifatida qurganidan bexabar.
Afg‘oniston jang maydonidagi g‘alabalar faqat mag‘lubiyat uchun qismat ekanligini ko‘rsatadi.
Anand Gopal, Arizona universiteti xodimi
Xalqaro kuchlar chiqib ketishi qisqa vaqt ichida tinchlikka olib kelmaydi, ammo ularning u yerda bo‘lishi doimiy urush kayfiyatini paydo qilaveradi. Urushayotgan tomonlarni moliyalashtirishni butkul to‘xtatish – bu tinchlik uchun zarur bo‘lgan eng muhim qadam bo‘ladi.
Bryus Hoffman, Jorjtaun universitetining Xalqaro aloqalar bo‘yicha kengashi a'zosi
AQSh qurolli kuchlarining terrorizmga duchor bo‘lgan joylardan har bir chiqib ketishi terrorizmni yanada kuchaytiradi. Shuningdek, bu AQSh dushmanlari va boshqa buyuk kuchlarning bu yerdagi vaziyatga aralashuvi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Bu AQShning ishonchliligi va milliy xavfsizlik manfaatlariga putur yetkazadi.
Ta'kidlash kerakki, «Al-Qoida» yoki boshqa terroristik tashkilotlar Afg‘onistondan AQShga qarshi terroristik hujumlar uyushtirishda foydalanmasa ham, shubhasiz, Janubiy Osiyoni beqarorlashtirish uchun uni baza sifatida ishlatadi.
Ahmad Rashid, erkin jurnalist
AQSh va NATO qo‘shinlarini olib chiqib, afg‘on xalqini «Tolibon» tig‘iga tashlamoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari muzokaralar jarayonida barcha imkoniyatlaridan foydalanib bo‘ldi. Endilikda «Tolibon» bilan tinch Afg‘oniston uchun hech qanday qayta muzokaralar o‘tkazishga imkoniyat yo‘q.
Audrey Kronin, Amerika universitetining professori
Boshidanoq, AQSh Afg‘onistondan harbiy kuchlarini olib chiqib ketish haqida o‘ylashi kerak edi. Qo‘shma Shtatlar hech qachon mamlakatni abadiy bosib olishni niyat qilmagandi. Ha, u yerda xavflar ko‘payadi. Ammo AQSh qo‘shinlarining afg‘on diyorida mavjudligi ham strategik xavf tug‘diradi.
Barnett Rubin, Nyu-York universiteti qoshidagi xalqaro hamkorlik markazi xodimi
Afg‘oniston muammolarini AQSh harbiylari hal qila olmaydi. Muqarrar bo‘lgan narsani keyinga qoldirish kelajakda yanada qiyin qarorlarni qabul qilishga majbur qiladi. Afg‘onistondagi harbiy bazalar AQShning o‘zini ham terrorizmdan himoya qilishning samarali vositasi emas.
Kolin Klark, Soufan markazi eksperti
AQSh kuchlarini olib chiqib ketish Afg‘onistonni toliblar egallab olish xavfini tug‘diradi. Toliblar hech qachon «Al-Qoida» tarkibiga kirmaganini ta'kidlab kelsa-da, AQShning chiqib ketishi ikki guruhga ham o‘z faoliyatini Janubiy Osiyo va undan tashqarida tiklash imkoniyatini beradi.
Emma Ashford, Atlantika Kengashidagi New American Engagement Initiative guruhi katta xodimi
Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda amalga oshirishni rejalashtirgan dastlabki xavfsizlik maqsadlariga erishdi: «Al-Qoida»ga zarba berildi va 2001 yilda hokimiyatda bo‘lgan «Tolibon» chetlashtirildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari real afg‘on xalqini barpo etish maqsadiga erisha olmadi, ammo bundan ham ko‘proq vaqt davomida Afg‘onistonda bo‘lish ham mumkin emas.
Xulosa shuki, Qo‘shma Shtatlar nuqtayi nazaridan Afg‘oniston ichidagi xavfsizlik holati, shuningdek, har qanday potensial yoki kelajakdagi terror tahdidini u yerda harbiy kontingentlarni saqlamasdan ham boshqarish mumkin.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024