Foreign Affairs naşri AQŞ qurolli kuçlari Afğonistondan çiqib ketişining ta'siri va bu qançalik töğri qaror bölişi haqida xalqaro ekspertlarning fikrlarini örgandi. Sörovnomada uşbu masalada tegişli ixtisoslaşgan tajribaga ega önlab vakolatxonalar ekspertlarining fikrlari keltirilgan. Iştirokçilardan bu qarorga rozi yoki qöşilmasligini bildiriş va holatni baholaş söralgan.
Endryu Uotkins, International Crisis Group boş tahlilçisi
Afğonistondagi AQŞ/NATO kuçlari tark etganidan keyin vujudga keladigan vakuum salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Xususan, zöravonlikning kuçayişi sabab tinç aholi vakillarining jabrlanişi, «Tolibon»ning kuçayişi va transmilliy radikal guruhlar faoliyat yuritişi mumkin bölgan keng maydon.
Ammo potensial salbiy natijalarga e'tibor qaratiş AQŞning Afğonistondagi iştiroki natijasida yuzaga kelgan köplab boşqa aniq negativ ta'sirlarni köpinça e'tiborsiz qoldiradi yoki çetga surmoqda. Tan oliş kerak, AQŞning 20 yillik faoliyati Afğoniston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va rivojlanişiga yordam berdi. Şunga qaramay, AQŞning mavjudligi samarali boşqaruv, soğlom siyosiy muhit va barqaror xavfsizlik muhitini ta'minlay olmadi.
Afğoniston uruşi aynan AQŞ kuçlari çiqib ketgani bilan tugamaydi, ammo ular mamlakatda ekan, bu holat heç qaçon tugamas edi.
Yeçim aniq: Qöşma Ştatlar Afğonistondagi fuqarolik jamiyatini qöllab-quvvatlaşi va tinçlik böyiça mintaqaviy konsensusni qabul qilişi kerak.
Anne-Mari Slafter, Yangi Amerika Markazi boş direktori
AQŞ qöşinlari çiqib ketişi Afğoniston jamiyati, afğon ayollari va iqtisodiyoti uçun ayançli natija bölişi mumkin. Ammo prezident Jo Bayden 20 yillik faoliyatdan keyin jiddiy strategik özgarişlarni amalga oşirişga jur'at etdi. Qöşma Ştatlar «Al-Qoida» bazalarini yöq qiliş böyiça özining dastlabki vazifasini bajardi. Ammo uning ma'muriyati afğon jamiyatini qayta tiklaşga qaratilgan katta vazifalarni bajara olişi qiyin.
Kristin Feyr, Jorjtaun universitetining xavfsizligini örganiş dasturi professori
Amerika Qöşma Ştatlari rahbariyati tarixdan tegişli saboqlarni ololmasligini isbotlamoqda. Uşbu 20 yillik uruş paytida AQŞ heç qaçon Pokistonning «Tolibon»ni doimiy qöllab-quvvatlaşini töxtatiş uçun tegişli majburiy strategiyalar işlab çiqmagan. Afğonistonda bizning askarlarimiz, tinç aholi va ittifoqçilarimiz öldirildi. Bu yerda biz öz manfaatlari AQŞ manfaatlariga zid bölgan «şerik» bilan uruşga bordik. Ötkazilgan muzokaralar natijasida AQŞ hukumati bizni toliblar Afğonistonda tinçlik örnatişga qodir bölgan mustaqil aktyorlar ekanligiga işonişimizni istamoqda. Bu fantastika. Afğoniston «Tolibon»i tinçlik istamaydi.













