Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada rekord darajada kunlik kasallanish holati qayd etildi
Indoneziyada oxirgi sutkada koronavirusdan 21 mingdan ko‘proq kasallanish holati qayd etildi. Bu mamlakat uchun antirekord bo‘ldi.
Indoneziyada pandemiya boshidan beri 2,1 mlndan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 57 mingdan ziyod kishi undan vafot etgan. Shu bilan birga, mamlakatda koronavirusga tekshirish ko‘lami kichik bo‘lgani sababli ko‘plab kasallanish holatlari statistikada qayd qilinmagan va real raqamlar yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
Indoneziya hukumati kasallanish darajasi oshishi shifoxonalarning to‘lib-toshishiga olib kelishidan xavotirlanmoqda.
Mahalliy mutaxassislarning fikricha, koronavirusning ushbu to‘lqini eng yuqori cho‘qqisi 2–3 haftadan keyin keladi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026