O‘zbekiston | 08:36 / 28.06.2021
4087
2 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi NHHlarning hisobini yuritish qoidalarini tasdiqladi

Adliya vaziri buyrug‘i bilan Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi.

Qonunlar, prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining davlat hisobi yuritilishi lozim, "Maxfiy" belgisi qo‘yilgan hujjatlar bundan mustasno.

NHHlarning davlat hisobi reyestri Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi. Reyestr O‘zbekiston Respublikasi axborot tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, undagi davlat hisobiga olish uchun kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari esa rasmiy hisoblanadi.

Qoidalar quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish uchun yuborish tartibi;
  • NHHlarni davlat hisobiga olish va ularning fondlarini saqlash tartibi;
  • normativ hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish va saqlash tartibi va boshqalar.

Davlat organlari o‘zlari tomonidan qabul qilingan hamda bevosita o‘z faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritadi.

NHHlarning davlat hisobi reyestri qog‘oz va elektron ifoda etuvchilarda yuritiladi. Reyestrdan axborotni barcha yuridik va jismoniy shaxslar olishlari va undan foydalanishlari mumkin.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 01.07.2021 yildan kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid