Jahon | 17:05 / 28.06.2021
7800
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada quvvati 816 ot kuchiga teng elektromobil ishlab chiqarildi

EL1 tezligini 2,8 soniya ichida soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi, 200 kilometr tezlikka chiqish uchun 10 soniyadan kamroq vaqt ketadi. Elektromobil bir marta quvvatlanish orqali 400 kilometrga yaqin yo‘l yuradi.

Germaniyaning E-Legend firmasi EL1 deb nomlangan sport elektromobilini namoyish etdi. Bu haqda Auto Motor Und Sport nashri xabar bermoqda.

E-Legend EL1 umumiy quvvati 816 ot kuchiga teng bo‘lgan uchta elektr motor bilan jihozlangan. Dvigatellar sig‘imi 90 kVt-s bo‘lgan batareyadan quvvat oladi. 

Ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, EL1 tezligini 2,8 soniya ichida soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi, 200 kilometr tezlikka chiqish uchun 10 soniyadan kamroq vaqt ketadi. Elektromobil bir marta quvvatlanish orqali 400 kilometrga yaqin yo‘l yuradi.

E-Legend hammasi bo‘lib 30 dona ana shunday elektromobil yig‘ishni rejalashtirgan. EL1 narxi 1 mln yevrodan boshlanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid