Jahon | 16:59 / 28.06.2021
11538
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada oxirgi 84 yil ichidagi rekord harorat qayd etildi

AQShda ham aholi g‘ayrioddiy issiq bo‘lishidan ogohlantirilmoqda.

Kanada g‘arbida ushbu hudud uchun rekord darajadagi harorat qayd etildi. "Bi-bi-si"ning xabar berishicha, yakshanba kuni Litton shahrida harorat 46,6 darajani tashkil etgan.

Shahar Vankuverdan 150 km uzoqlikda joylashgan.

Mahalliy hokimiyatning ma'lumot berishicha, bu oxirgi 84 yil davomidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Shuningdek, AQShda ham aholi g‘ayrioddiy issiq bo‘lishidan ogohlantirilmoqda.

Avvalroq Portlend shahrida harorat +44,4 darajaga yetgani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid