O‘zbekiston | 11:25 / 28.06.2021
42297
2 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning joriy haftadagi ish rejasi ma'lum qilindi

Shavkat Mirziyoyev shu hafta respublika hududlaridan biriga amaliy tashrif bilan boradi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda boshlangan haftada davlat rahbari ishtirokida qanday tadbirlar rejalashtirilgani to‘g‘risida ma'lumot taqdim etdi.

“Bu haftada ham hududlarga tashrif va ko‘plab yig‘ilishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Bugun Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat O‘ktay bilan uchrashuv, mis ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘ladi.

Seshanba kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, payshanba kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Davlatimiz rahbari 30 iyun kuni O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi doirasida yoshlar bilan uchrashadi. 

Hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham  rejalashtirilgan. Bu haqida qo‘shimcha tarzda batafsil ma'lumot beramiz”, deydi Sherzod Asadov.

Qayd etilishicha, bular haqida O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida hafta davomida xabar berib boriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid