Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda o‘smir qiz 4-qavatdan tushib ketdi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida ayol kishi o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yubordi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat aks etgan video tarqadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in kelib chiqqan. Shu bois, videoda tasvirlangan holat yuz bergan - ayol kishi o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgan.
Bildirilishicha, mazkur hodisa Yashnobod tumani Alimkent 1-tor ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, xonadondagi mebel jihozida (4 kvadrat metr) yong‘in kelib chiqqan.
Natijada, mehmonga kelgan fuqaro S.A. uyning orqa tomonidagi derazadan chiqqan. FVV xodimlari tomonidan avtonarvon yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda ayolning qo‘llari toliqib, to‘rtinchi qavatdan o‘zini tashlab yuborgan.
Fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazildi. Jabrlangan fuqaro travmatologiya bo‘limiga olib borilganda, u mast holda bo‘lgani aniqlangan.
Hodisa oqibatida S.A.ga jiddiy jarohat yetmagan. Hozirda uning ahvoli o‘nglanmoqda. Yaqin kunlar ichida fuqaroga javob beriladi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026
Tashkent City hududida konteyner yonib ketdi
09:01 / 06.01.2026
Toshkentda pichoq bilan qo‘shnisining uyini taqillatgan shaxs ushlandi
15:42 / 05.01.2026