O‘zbekiston | 07:51 / 29.06.2021
4599
1 daqiqa o‘qiladi

Chiqindilarni tashib ketish sohasiga tadbirkorlar jalb etiladi

Chiqindilarni tashib ketish uchun tadbirkorlarga hududlarni davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish mexanizmlari yaratilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mutasaddilari ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, chiqindilarni tashib ketish uchun tadbirkorlarga hududlarni davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish mexanizmlari yaratilmoqda, xususan, maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida hududlarni tadbirkorlik sub'yektlariga biriktirish bo‘yicha 8ta bitim imzolandi.

Bildirilishicha, 235ta qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish poligonlarining 42tasi rekultivatsiya qilindi.

Shuningdek, ma'lum qilinishicha, joriy yil boshidan buyon chiqindilar bilan bog‘liq 6 913ta qonunchilik talablari buzilish holati aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan fuqarolar hamda mansabdor shaxslarga nisbatan ma'muriy choralar qo‘llanilib, 2 mlrd so‘m miqdorida jarimalar rasmiylashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid