Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketdi
Afg‘onistonda 20 yilga yaqin vaqt davomida Italiyaning 53 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 723 nafari yaralangan.
Italiya Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketish operatsiyasini yakunladi. Bu haqda Italiya mudofaa vaziri Lorenso Guerini ma'lum qildi.
"Kecha Italiyaning Afg‘onistondagi missiyasi rasman yakuniga yetdi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Italiya OAV.
Xabar qilinishicha, italiyalik harbiylarning bir necha o‘n kishidan iborat so‘nggi guruhi Hirot viloyatini tark etgan va Piza aeroportiga yetib kelgan.
Italiya NATOning Afg‘onistondagi missiyasi faol qatnashchilaridan biri bo‘ldi. Mamlakat mudofaa vazirligining ma'lumot berishicha, Afg‘onistonda 20 yilga yaqin vaqt davomida Italiyaning 53 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 723 nafari yaralangan. Ushbu vaqt davomida 50 mingga yaqin italiyalik harbiy Afg‘onistonda xizmat qilgan.
Mavzuga oid
09:33 / 23.02.2026
Veronada qishki Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
21:31 / 20.02.2026
Norvegiya oltin medallar soni bo‘yicha qishki Olimpiada rekordini o‘rnatdi
09:55 / 20.02.2026