Yillik nisbatda yog‘-moy mahsulotlari 1,5 barobarga qimmatlashgan
Joriy yilning I yarim yilligida narxlar oshishi bo‘yicha yog‘-moy mahsulotlari yetakchilikni davom ettirmoqda (22,5 foiz). Bundan tashqari, o‘tgan olti oy davomida mevalar va yong‘oqlar 16,1 foizga, shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar 7,1 foizga qimmatlashgan.
2021 yilning iyun oyida iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o‘rtacha 0,2 foizga arzonlashdi. Ushbu holat asosan mavsumiy omil bilan tavsiflanmoqda. Taqqoslash uchun, 2020 yilning iyun oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida o‘rtacha 0,3 foizga, 2019 yilda esa 0,5 foizga arzonlashgan.
Joriy yil boshidan beri narxlarning umumiy o‘sish darajasi 4,4 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi esa 0,7 foizni tashkil etmoqda. Yillik inflatsiya darajasi esa 10,9 foizga yetdi.
2021 yil iyun oyidagi yillik umumiy inflatsiya o‘tgan yilning iyun oyidagi ko‘rsatkichdan 3,3 foiz bandga va 2019 yilning iyun oyidagi ko‘rsatkichdan 2,7 foiz bandga past bo‘ldi.
Iyun oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari 0,9 foizga arzonlashgan bo‘lsa, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar narxi esa 0,2 foizga qimmatlashgan.
Joriy yilning besh oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlarida uzluksiz narxlar oshishidan keyin, iyun oyida pasayish kuzatildi. Narxlar pasayishida yetakchilik mevalar va yong‘oqlar (3,8 foiz), yog‘-moy mahsulotlari (2,8 foiz), sabzavotlar va dukkaklilar (2,6 foiz) hamda sut mahsulotlari va tuxumga (1,6 foiz) tegishli bo‘lgan. Shuningdek, go‘sht mahsulotlari, shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar sezilarli darajada oshdi (0,4 foiz).
Umumiy qilib olganda, yog‘-moy mahsulotlari o‘tgan yilning dekabriga nisbatan narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilikni davom ettirmoqda (22,5 foiz). Bundan tashqari, 2021 yilning I yarim yilligida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi uchlikdan mevalar va yong‘oqlar (16,1 foiz) hamda shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (7,1 foiz) o‘rin oldi. Yillik nisbatda yog‘-moy mahsulotlari (1,5 barobarga), sabzavotlar, ildizmevalilar va dukkaklilar (27,4 foiz), shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (15,7 foiz), go‘sht mahsulotlari (14,5 foiz), sut, boshqa sut mahsulotlari va tuxum (11,6 foiz) sezilarli darajada qimmatlashgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 18:34
-
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi
Jahon | 18:26
-
Tramp 48 soat ichida uch yetakchi bilan muloqotda muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV
Jahon | 18:23
-
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi
Jamiyat | 17:38
Mavzuga oid

16:23 / 02.06.2025
May oyida inflatsiya 1,5 foizgacha tezlashdi. Bunga elektr va gaz narxlarining oshishi katta ta’sir ko‘rsatgan

22:11 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

11:53 / 11.04.2025
Piyoz narxi nega qimmatlashdi?

08:20 / 07.04.2025